Bo‘stonliqda 20 sotix yerni 230 ming dollarga pullayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
18 mart
2839Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududidan 20 sotix yerni 230 ming dollarga olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.A., R.A. va I.S. (muqaddam sudlangan) o‘zaro til biriktirib, fuqaro X.A.ga tumandagi “Xo‘jakent” MFY hududidan 20 sotix yer maydonini hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishlari evaziga 230 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.I. fuqaro M.O.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida “Yangi Gulzor” MFY hududidagi 18 sotix yer maydonini 200 000 AQSH dollari evaziga egalik huquqini beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Karmana tumanida hokimlik zaxirasida bo‘lgan 1 gektar bo‘sh yer maydonini pullayotgan shaxs qo‘lga tushgan edi. Shuningdek, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida 2 gektar yer maydonini 300 ming dollarga rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlangandi.
LiveBarchasi