Bo‘ston tumani hokimi vafot etdi

Jamiyat

image

Andijon viloyati Bo‘ston (Bo‘z) tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etdi. Bu ma’lumotni Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga tasdiqladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sadbarxon Mamitova shifoxonada davolanayotgan bo‘lgan.

Sadbarxon Mamitova 1966 yilda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. U 2020 yil 4 martdan buyon Bo‘ston tumani xokimi etib lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Sadbarxon Mamitova hokim bo‘lguncha “Yuksalish” umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari bo‘lgan.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

868

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing