Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlari xatlovdan o‘tkazilishi mumkin 

Jamiyat

image

Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulki ob’ektlari xatlovdan o‘tkaziladi. Bu haqdagi tegishli Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi. 

Qaror loyihasiga ko‘ra, davlat tashkilotlari, shuningdek, davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan yuridik shaxslar tomonidan kiritilgan davlat ko‘chmas mulki ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida Davaktiv agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ob’ekt joyiga chiqqan holda xatlovdan o‘tkaziladi.

Hujjat loyihasida belgilanishicha, hududlarni rivojlantirish dasturlari va davlat-xususiy sheriklik dasturlariga kiritilmagan uch oydan ortiq turgan bo‘sh binolar balansda saqlovchilar bilan kelishmagan holda ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi mumkin, bundan harbiy, maxsus maqsadlardagi hamda davlat siri bilan bog‘liq ob’ektlar mustasno.

Shuningdek, qaror loyihasida keltirilishicha, davlat tashkilotlari hamda davlat ko‘chmas mulki ob’ektlaridan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanayotgan yuridik shaxslarning xodimlari ma’muriy binolarda xodimlarni joylashtirish me’yorlariga asosan joylashtiriladi, bundan ijtimoiy soha tashkilotlari mustasno.

Davlat ko‘chmas mulki ob’ektlarini tekin foydalanishga berish bo‘yicha shartnomalar, shuningdek, shartnomaga kiritiladigan har qanday o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar, uni bekor qilish faqatgina “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

xatlov ko'chmas mulki ob'ektlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing