Bo‘rijar kanalidan yosh yigitning jasadi topildi. U Milliy gvardiya xodimlaridan qochganmidi?

Jamiyat

image

Bundan bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘rijar kanalidan yosh yigitning jasadi topilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgan ma’lumotlarga qaraganda, “joriy yilning 14 fevral kuni poytaxt Toshkentning Yakksaroy tumanida yashovchi fuqaro va yosh yigit o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Kelishmovchilik yuz berayotgan joyga Milliy gvardiya xodimlari yetib kelgan. Janjalning yosh ishtirokchisi esa voqea joyidan qochishga uringan. Milliy gvardiya xodimlari esa uni quva ketgan. Yigit esa qochaman deb o‘zini kanalga tashlagan”. 


“Yigit Bo‘rijar kanali tarafiga yugurib ketdi (KT.Komba tungi klubi yaqinida) va unga sakradi. Shundan so‘ng, fuqaro ko‘zdan yo‘qoldi“, deb yozadi xabar muallifi. 

Oradan ikki hafta o‘tgach, yigitning jasadi kanaldan topilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlarini boshlaganini ma’lum qildi. 

“Facebook” internet ijtimoiy tarmog‘ida joriy yilning 14 fevral kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Sharshara ko‘chasida Milliy gvardiya xodimlari bir nafar huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimi deb taxmin qilinayotgan shaxsning ortidan quvganligi, so‘ng u o‘zini Bo‘rijar kanaliga tashlaganligi va oradan 2 hafta o‘tgach ushbu kanaldan uning murdasi topilganligi haqidagi habar tarqalgan.

Xozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida. 


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Bo'rijar

Baholaganlar

617

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing