Burgutlar, itlar va raqslar. Putinni Bishkekda dabdaba bilan kutib olishdi (video)

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 25 noyabr kuni Qirg‘izistonga yetib bordi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Samolyot trapida Putinni Qirg‘iziston yetakchisi Sadir Japarov kutib oldi. Qo‘nish maydonida ikki davlatning bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qo‘riqchilar saf tortib turdi, tantanali musiqa yangradi.

Marosim vaqtida milliy raqslar ijro etildi va qirg‘izlarning an’anaviy burgut va ovchi itlar bilan ov qilish uslublari namoyish etildi. “Manas” aeroportida folklor-etnografik ansambl qisqa musiqiy dastur taqdim etdi.

Putinning davlat tashrifi doirasida Rossiya–Qirg‘iziston muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Rossiya va Qirg‘iziston rahbarlari turli sohalardagi strategik sheriklik va ittifoqchilikka oid ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. Davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, shuningdek, bir qator hukumatlararo va tijorat hujjatlari imzolashga tayyorlangan.

Shuningdek, Kollektiv xavfsizlik kengashi yig‘ilishida joriy yilda tashkilot doirasidagi hamkorlik natijalari sarhisob qilinadi, kollektiv xavfsizlik tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olinadi. Vladimir Putin mavqedoshlarini Rossiya Federatsiyasining 2026 yilda KXSHTdagi raisligi ustuvor yo‘nalishlari haqida xabardor qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Qirg'iziston KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing