Endi ayrim “makler”lardan litsenziya talab qilinmaydi

Jamiyat

image

Rieltorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ko‘rsatilayotgan xizmatlar qiymatining kamida 15 foizi miqdorida haqini oldindan to‘lamasdan rieltorlik xizmatlari ko‘rsatishga haqli. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjatda belgilanishicha, endilikda rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar olish haqidagi arizalar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Rieltorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Rieltorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ko‘rsatilayotgan xizmatlar qiymatining kamida 15 foizi miqdorida haqini oldindan to‘lamasdan rieltorlik xizmatlari ko‘rsatishga haqli.

Rieltorlik faoliyati quyidagi rieltorlik xizmatlari turlarini ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi:

•  ko‘chmas mulk ob’ektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish chog‘ida vositachilik qilish;
•  ko‘chmas mulk ob’ektlarining va ularga bo‘lgan huquqlarning savdosini tashkil etish;
•  ko‘chmas mulk ob’ektlarini ishonchli boshqarish.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlarini amalga oshirish uchun litsenziya olish talab etilmaydi.

Davlat xizmatlari markazlari va litsenziyalovchi organ o‘rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi makler

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing