Bunga xalqaro tashkilotlar ham ishonmagan edi — Rahmon O‘zbekiston va Tojikiston aloqalari haqida

Jamiyat

image

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan joriy yilning 10-11 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikiston Respublikasida bo‘lib turibdi. Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan birgalikda Xo‘jand shahri yaqinidagi “Arbob” madaniyat saroyiga tashrif buyurdi. Bu yerda So‘g‘d viloyati jamoatchiligi vakillari, ziyolilar, nuroniylar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Tojikiston peshvosi Imomali Rahmon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi bilan ikki mamlakat o‘rtasida ishonch va do‘stlik muhiti yaratilganini ta’kidlagan.

“Ilgari to‘planib qolgan muammolar shunday qisqa muddatda hal etilishini tasavvur qilib bo‘larmidi?! Bunga xalqaro tashkilotlar ham ishonmagan edi. Bugun davlatlarimiz o‘rtasida hal bo‘lmagan masala qolmadi, o‘zaro ishonch paydo bo‘ldi. Bunday munosabatlarning tashabbuskori va “arxitektori” hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoyev”,  deydi Imomali Rahmon.

Shuningdek, u keyingi yillarda davlat chegaralarida 17 ta o‘tkazish punkti ochilgani, Tojikiston xalqi bundan minnatdor ekanini qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Rahmon

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing