“Bunyodkor”ni ikki futbolchisi tark etdi

Sport

image

"Bunyodkor" klubining darvozaboni futbolchilik faoliyatini yakunlagani, 2020 yil bahorida "Bunyodkor" futbol klubi rahnamoligida Zuhurov uchun xayrlashuv uchrashuvi tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Endi esa klub yana ikki legioneri bilan xayrlashganini e’lon qildi. 

Ma’lum qilinishicha, yarim mavsum davomida “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan ukrainalik Yevgeniy Chumak hamda rossiyalik Dmitriy Ostrovskiy “qaldirg‘ochlar”ni tark etdi. 

Klub rahbariyati legionerlar bilan uchrashdi. O‘zaro suhbatdan so‘ng futbolchilar jamoa bilan do‘stona kayfiyatda xayrlashdi. Aytish kerak, “Bunyodkor” har ikkala legionerga ham shartnomada ko‘rsatilgan oylik-maoshlarni to‘lab berdi. Ya’ni, klubning futbolchilar oldida qarzi yo‘q.

“Ochig‘i, shunday sharoitga ega klubda to‘p surganimdan xursandman. Akademiya, maydonlar, asosiy stadion – to‘g‘risi, ilk bor ko‘rganimda, shok holatiga tushgan edim. “Bunyodkor”ni Chempionlar Ligasining saralash bosqichiga yo‘l olgani bilan tabriklayman! Jamoa guruh bosqichiga chiqishi tilakdoshiman!”, deydi Yevgeniy Chumak. 

“Avvalo klubda ishlayotgan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, xususan murabbiylar shtabiga. Ular bilan yaxshi davrlarni o‘tkazdim. “Bunyodkor”da murabbiylardan tortib, shifokoru uqalovchilargacha hamma o‘zining ishini ustasi ekan. Shuning uchun bu yerda o‘tkazgan vaqtimga achinmayman. Rahbariyat oylik-maoshlarimizni berib, biz bilan hisob-kitob qildi”, deya Dmitriy Ostronovskiy minnatdorchiligini izhor qildi. 

Eslatib o‘tamiz, yakunlangan mavsumning ikkinchi qismida “Bunyodkor” o‘z safini ikki nafar legioner bilan to‘ldirgan edi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bunyodkor

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing