“Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Sport

image

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullayev klubda bo‘lib, u yerda murabbiylar, futbolchilar va klubda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar bilan uchrashdi.

Klub prezidenti qatnashgan yig‘ilishda yangi bosh murabbiy saylash masalasi ko‘tarildi. Kuzatuv kengashi a’zolari, futbolchilar va murabbiylarning bir ovozi bilan uzoq yillardan buyon jamoda faoliyat yuritgan Shuhrat Maqsudov bosh murabbiy etib saylandi.

Aynan bugundan boshlab Shuhrat Maqsudov “Bunyodkor” klubining bosh murabbiyi sifatida futbolchilarni yangi mavsumda maydonga olib tushadi.

Ta’kidlanishicha, jamoa oldiga bu yilgi mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi.

Avvalroq, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev “Bunyodkor” futbol klubi Prezidenti bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Bunyodkor

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing