“Bunyodkor” darvozaboni futbolchilik faoliyatini yakunladi
Sport
−
02 dekabr 2019 6633 1 daqiqa
"Bunyodkor" klubining darvozaboni futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda toshkentliklar klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Superliga 26-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" — "So‘g‘diyona" bahsi 36 yoshli darvozabon uchun faoliyatidagi so‘nggi o‘yinga aylandi.
Ta’kidlanishicha, 2020 yil bahorida "Bunyodkor" futbol klubi rahnamoligida Zuhurov uchun xayrlashuv uchrashuvi tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, Zuhurov "qaldirg‘ochlar"dan tashqari "Do‘stlik", "Metallurg", "Navbahor" va "Nasaf" klublarida ham faoliyat yuritgan. U shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasida 4 ta o‘yin o‘tkazgan.
Shahnoza To‘ramurotova
Live
Barchasi