“Bunyodkor” bosh direktori va bosh murabbiyi ishdan bo‘shatildi

Sport

image

Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi Bosh direktori va Bosh murabbiy lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

“Bunyodkor” futbol klubi Prezidenti Mehriddin Abdullayev boshchiligida klub rahbariyati, futbolchilar va fan klub a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda barcha sharoitlar yaratib berilganiga qaramay kutilgan natijani bermayotgani, bunga so‘nggi vaqtlarda, asosiy jamoaning ko‘rsatayotgan uyinlari va erishgan natijalaridan ham ko‘rish mumkinligi, xususan, Superliga joriy mavsumining 18-turidan so‘ng jamoa 20 ochko jamg‘argan holda 9-o‘rinda borayotgani tanqid ostiga olingan.

Ta’kidlanishicha, 18 ta o‘yinda 20 ta gol urilgan bo‘lsa, 29 ta to‘p o‘tkazib yuborilgan. Superliganing 2021 yil mavsumida jamoa 18-turdan so‘ng 29 ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinni egallab turgan edi. To‘plar nisbati esa + 12 bo‘lgan.

Mehriddin Abdullayev holat shu tarzda davom etadigan bo‘lsa, “Bunyodkor” o‘zi tarixidagi eng sharmandali holatga tushishi, achinarlisi esa Superligani joriy yil yakuni bilan tark etishi mumkinligidan xavotir bildirgan. 

Shundan so‘ng klub direktori Mirzayev Ulug‘bek hamda asosiy jamoa murabbiyi Viktor Karpenkoning o‘z vazifalarini yetarli darajada bajarmayotgani urg‘ulanib, klub direktori Ulug‘bek Mirzayev lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga “Bunyodkor” Akademiyasi direktori Aziz Haydarov tayinlandi.

Asosiy jamoa murabbiyi Viktor Karpenko o‘rniga “Bunyodkor” U-21 jamoasi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich tayinlanadi.

Akademiya rahbari sifatida shu kunga qadar faoliyat yuritib kelgan Aziz Haydarovning klub bosh direktori bo‘lgani sabab, “Bunyodkor” akademiyasi direktorligiga, Akademiyada faoliyat yuritib kelayotgan Islom Ahmedov tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Bunyodkor

Baholaganlar

395

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing