Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sport

image

Germaniya Bundesligasida mavsum o‘z yakuniga yetdi. 71 ochko bilan chempionatda 2-o‘rinni egallagan “Borussiya Dortmund” yarim himoyachisi Jud Bellingem Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga rasmiy saytida xabar berdi.

Germaniya chempionatida “Bavariya” 71 ochko bilan g‘olib bo‘ldi. E’tiborlisi, “Borussiya Dortmund” ham 71 ochko to‘pladi. Biroq o‘zaro o‘yinlar va to‘plar farqidagi ustunlik sabab kubok myunxenliklarga nasib etdi. “Leypsig” klubi esa 66 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi. 

Angliyalik yarim himoyachi joriy mavsum Bundesliganing 31 o‘yinida maydonga tushib, 8 gol va 5 assist muallifi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bundesligada eng yaxshi futbolchi deb topilgan Bellingem yangi mavsumni Madridning “Real” klubida davom ettirishi kutilayotgani xabar qilingandi. “Qirollik klubi” tez orada “Borussiya” yarim himoyachisi bilan 6 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qilishi kutilmoqda.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Germaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing