Bundan buyon yangi uylarni “korobka” holatida topshirishga taqiq o‘rnatiladi
Jamiyat
−
08 yanvar 2021
13275Bundan buyon O‘zbekistonda qurilayotgan uylar egalariga “korobka” holatida topshirilishiga chek qo‘yiladi. Bu haqda AOKAda o‘tayotgan matbuot anjumanida Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov so‘z ochdi.
“Aholiga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida normativlarga o‘zgarishlar kiritildi. Bundan keyin uylar “korobka” holatida topshirilmaydi. Bu tartib-tamoyil 3 oydan keyin, apreldan kuchga kiradi”, deydi vazir o‘rinbosari.
Uning qayd etishicha, pudrat tashkilotlari qurib topshirayotgan barcha uylarning 100 foiz devorlari, kommunikatsiya tarmoqlari tortilgan bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining 11-yalpi majlisida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham aynan shu masalani ko‘tarib, shunday degan edi:
“Keyingi paytlarda ayrim fuqarolarimiz tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirish holatlari ko‘payib ketdi. Hususan, Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasida ko‘p qavatli kvartirali uylar qurish holatlari ortib bormoqda. Buning oqibatida qurilgan ko‘p qavatli kvartiralar uylaridagi muhandislik-kommunikatsiyalar tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va ayrimlari quvvati yetmay, ayrimlarida turli xil avariya holatlarini keltirib chiqarmoqda”.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yilning noyabr oyida “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 martdan boshlab O‘zbekistonda ikki qavatdan yuqori bino va inshootlar, jumladan uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish ob’ektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan hamda ob’ektning Qurilish vazirligi qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari nazoratida amalga oshiriladi.
LiveBarchasi