Bulung‘urning sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
05 yanvar 2022
10017Bugun, 5 yanvar kuni podpolkovnik Bahodir Abdullayevich Bahromov Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot kotibi Manuchehr Mirzayev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Tayinlovga qadar u Bulung‘ur tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. 2021 yil 22 dekabr kuni Samarqand viloyati hokimining tegishli qarori bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Bundan avval esa, u ichki ishlar tizimida, xususan, Samarqand shahar IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Avvalroq, Aktam Zayniddinovich Muhammadiyev Prezident qaroriga muvofiq Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi