Bulung‘urda xalqaro yo‘lni sel bosdi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining bir qismini sel bosdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ko‘p miqdordagi yog‘ingarchilik va ayrim hududlarga sel kelishi oqibatida M-39 avtomobil yo‘lining 1075-1077 kilometrlari oralig‘ida suv to‘plangan.

Qayd etilishicha, hozirda hududiy FVB va YHXB xodimlari tomonidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

“Barcha haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishlarini, tartibga soluvchilarning ishoralariga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zgidromet respublikaning 9 ta viloyatida sel xavfini e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17-20 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Erondan iliq va nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Natijada joylarda harorat keskin pasayib, kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

sel

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing