Viloyat prokurori o‘rinbosari Bulung‘ur tumaniga hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
22 dekabr 2021
8773Bulung‘ur tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Bahodir Abdullayevich Bahromov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Samandar Mustafoqulovich Astanov nomzodi Bulung‘ur tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Mazkur tayinlovga qadar Astanov Samandar Mustafoqulovich Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Avvalroq Buxoro viloyatining Romitan tumanida hokim o‘zgargani haqida xabar bergan edik.