Buloqboshida yangi quduqdan gaz olish boshlandi
Jamiyat
−
17 dekabr 2019 5329 1 daqiqa
Joriy yilning 14 dekabr kuni Andijon viloyati, Buloqboshi tumani “Chaqar” nomli maydondagi 2-sonli qidiruv qudug‘i burg‘ulanib, undan sanoat miqyosida gaz olishga erishildi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “2017 – 2021 yillarda uglevodorod xom ashyosini qazib olishni oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori doirasida amalga oshirilgan.
Hozirda ”Andijonneft” AJ tomonidan “Chaqar” maydonidagi ushbu yangi burg‘ulangan 2-sonli gaz qudug‘ini ishga tushirish uchun quvurlar o‘rnatilmoqda. Quvurlashtirish ishlari yakunlangach, Buloqboshi tumanidagi yana qo‘shimcha 5 mingta xonadon tabiiy gaz bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, quduqdan gaz qazib olish hajmi kunlik 200 ming metr kubni tashkil etadi.
“Qaror doirasida hozirgi kunda "Uchtepa neft va gaz koni"dagi 13-sonli quduqda ham burg‘ulash ishlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr