Bular insoniyat bilan qoladi – Guterrish urush fonida global muammolarni unutmaslikka chaqirdi
Olam
−
11 may 2022
3221Ukrainadagi mojaro iqlim o‘zgarishi va pandemiya muammosini bekor etmaydi, ular xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida turishi kerak. Bu haqda bugun, 11 may kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellen bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Ukrainadagi voqealar tufayli iqlim o‘zgarishiga endi jiddiy e’tibor berilmasligi xavfi bor. Lekin bu muammo diqqat markazida qolishi kerak”, degan u.
Bosh kotibning ta’kidlashicha, har qanday mojaro “ertami-kechmi muzokaralar bilan yakunlanadi”, ammo iqlim o‘zgarishi insoniyat bilan qoladi.
Eslatib o‘tamiz, BMT Suriyadagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha mustaqil xalqaro komissiya xulosalaridan kelib chiqib, Ukrainadagi urush fonida boshqa muammolarni ham unutmaslikka chaqirgandi.