Buxoroning sobiq prokurori Qonunchilik palatasi devoniga rahbar bo‘ldi
Jamiyat
−
17 may 2024
81572021 yilning yanvaridan 2024 yilning fevraligacha Buxoro viloyati prokurori lavozimida ishlagan Mahmud Shuhratovich Istamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari etib tayinlandi. Bu haqdagi ma’lumot parlament quyi palatasi saytida paydo bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Mahmud Istamov 1979 yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqshunos.
U 2014-2017 yillarda mehnat faoliyatini Prezident administratsiyasidagi Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish shu’basi mudiri, Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik shu’basi mudiri lavozimida olib borgan.
2017−2019 yillarda Adliya vaziri o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Mahmud Istamov 2019 yil 13 iyunda Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari etib saylangan.
Mahmud Istamov 2021 yil yanvarida Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan, 2024 yil fevral oyida ushbu lavozimdan ozod etilgan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar