Buxorolik 33 yoshli ayol o‘zini Anhor kanaliga tashladi
3-sahifa
−
20 Oktabr 2020
13490Toshkentning Shayxontohur tumani Anhor bo‘yi ko‘chasi bo‘ylab jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant A.Murodov Anhor kanaliga o‘zini tashlagan ayolning hayotini saqlab qoldi.
Hodisa bugun, 20 oktyabr kuni taxminan soat 14:00 larda yuz berdi.
Dastlabki surishtiruv jarayonida qutqarilgan fuqaro Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi, 1987 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan Sh.N. bo‘lib, oilaviy muammolari borligi sabab o‘z joniga qasd qilishga uringanligi aniqlangan.
Hozirda Shayxontohur tumani ichki ishlar xodimlari tomonidan mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi