Buxorodagi uydan 2 metrlik ilon chiqdi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi uydan 2 metrlik ilon chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirlik xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati FVBga G‘ijduvon tumani Yusuf Hamadoniy ko‘chasida joylashgan uylarning biri oshxonasida ilon kirib olgani va amaliy yordam zarurligi bo‘yicha murojaat kelib tushgan.

Xabarga asosan, G‘ijduvon tumani FVB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va ilonni maxsus idishga solib, Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnikiga topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 aprel kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi xonadonlardan biriga 1 metrlik ilon kirib olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

ilon G'ijduvon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing