Buxorodagi uyda gaz portlab, 8 yashar bola vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 16 oktyabr kuni Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida gaz portlashi natijasida voyaga yetmagan bola vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Gaz portlashi 16 oktyabr kuni Qorako‘l tumanining Quyi xo‘jalar qishlog‘ida yashovchi N.Ro‘ziyevning uyida sodir bo‘lgan. Oqibatda, 2014 yilda tug‘ilgan J.Sa’dullayev (2-sinf o‘quvchisi) tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

portlash

Baholaganlar

161

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing