Buxorodagi ustaxonada gaz balloni portlab ketdi

Jamiyat

image

Buxorodagi ustaxonada gaz balloni yorilib ketishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Jarohatlangan 2 kishi 95 foiz kuyish bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Viloyat FVB Matbuot xizmati xabar qildi.

Unga ko‘ra, 2023 yil 28 aprel kuni Buxoro shahar, “G‘.G‘ulom” MFY Ibn Sino ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan “Sh.G.S” MCHJ ga qarashli avtomobillarga gaz ballonlarini o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida hajmi 50 litrli suyultirilgan maishiy gaz balloni yorilgan. Holat yuzasidan voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv avtoekipajlari jalb qilingan.

Shifokorlarning dastlabki tashxisiga ko‘ra, fuqarolar 1985 yilda tug‘ulgan S.Sh. hamda 1986 yilda tug‘ulgan K.Sh. tanasining 90-95 foizi kuyish tan jarohatini olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali kuyish bo‘limiga yotqizilgan. Hozirda jabrlanuvchilarning ahvoli og‘ir.

Voqea sababi o‘rganilganda, xizmat ko‘rsatish ustaxonasidagi suyultirilgan maishiy gaz ballonini ta’mirlash jarayonida gaz balloni yorilib, portlagani oqibatda ustaxonaning eshik va derazalari singani aniqlangan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Buxoro portlash gaz ballon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing