Buxorodagi neft bazasida katta yong‘in chiqdi. Jarohatlanganlar bor (video)

3-sahifa

image

Bugun, 15 sentyabr kuni Buxoro viloyatida neft saqlash omboridagi sig‘imlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylashgan neft saqlash omboridagi sig‘im (rezervuar) lardan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Unga asosan tezkorlik bilan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:18 da bartaraf etilgan. Yong‘inni bartaraf etishga 14 ta qutqaruv bo‘linmasi jalb etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ombordagi 1 dona yoqilg‘i sig‘imi (rezervuar) yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida 3 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish tan jarohatlari olib, Qorako‘l tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” matbuot kotibining ma’lum qilishicha, ushbu rezervuarlar zavod hududidan tashqarida joylashgan bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlariga ta’sir etmaydi.

Bildirilishicha, hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat FVB, IIB hamda SSB rahbariyati va hamkor xizmat xodimlar chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 sentyabr kuni Qarshi davlat texnika universiteti bosh binosining tom qismida yong‘in sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing