Buxorodagi falokat qurbonlari soni ortdi

Jamiyat

image

Buxoroda traktor tirkamasining zovurga qulashi natijasida jabrlangan uchinchi ayol ham vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati ma’lum qildi.

IIB vakilining so‘zlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay ayolning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 may kuni soat 13:10 larda Buxoro viloyati, Romitan tumani, “Qumrabot” MFY, Saroy qishlog‘ida traktor tirkamasining zovurga ag‘darilishi natijasida fuqarolar 1987 y.t. Sh.P. (ayol), 1986 y.t. O.I. (ayol)lar voqea joyida vafot etgan. 1982 y.t. F.J. (ayol) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgandi.

Hodisa Romitan tumani, “Qumrabot” MFY, Saroy qishlog‘idagi “Normurod Niyoz” fermer xo‘jaligi dala hududida yuz bergan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro

Baholaganlar

692

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing