Buxorodagi dorixonalarda virusga qarshi dori qolmagan

Jamiyat

image

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “Ergoferon” dori vositasining sotilishi bo‘yicha tekshiruv olib bordi

Aniqlanishicha, mazkur preparat Buxoro shahrida so‘ngi marotaba 9 iyul’ kuni 40 ming so‘mdan 55 minggacha sotilgan.

Buxoro tuman, Kogon shahri, Jondor va Peshko‘ viloyatlarida so‘ngi marta 13 iyul kuni 45 dan 48 mingacha haridi amalga oshirilgan. G‘ijduvon, Shofirkon, Romigan tumanlarida o‘rtacha 42 mingdan 50 ming so‘mgacha sotilgan.

Viloyatning Olot, Qorako‘l tumani aholisi uchun mazkur dori so‘ngi marotaba 10 iyul’ kuni 44 mingdan 48 mingacha sotilgan. Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda virusga qarshi samarali vosita hisoblangan “Ergoferon” dorisi Buxoro viloyati hududlaridagi dorixonalarining birortasida qolmagan.

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida koronavirusga qarshi kurash masalasiga to‘xtalib, zaxiralar mavjudligi, zarur vostilar xorijdan olib kelinayotgani haqida gapirib o‘tgandi. Ammo zaxiralarning joylarga yetib borishida muammo bo‘layotganini ham qo‘shimcha qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro dorixona

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing