Buxoroda zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
08 noyabr 7861 1 daqiqa
Bugun, 6 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 09:14 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila epimarkazi Toshkentdan 506 km janubiy-g‘arbda joylashgan. Epimarkazda sezilish kuchi 3 ball. Magnitudasi 3,2. Chuqurligi: 10 km. Epimarkaz: Gazli shahri, Buxoro viloyati. Koordinatalari 40,26 daraja shimoliy kenglik, 63,35 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Gazli shahrida 2 ball, 17 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda zilzila sodir bo‘lgandi va u O‘zbekiston hududida ham sezilgandi.
Live
Barchasi