Tojikistondagi zilzila Sirdaryoda ham sezildi
Jamiyat
−
05 noyabr 6165 1 daqiqa
Bugun, 5 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 10:58 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila epimarkazi Toshkentdan 133 km janubiy-g‘arbda joylashgan. Epimarkazda sezilish kuchi 5 ball. Magnitudasi 4,3. Chuqurligi: 12 km. Epitsentr: So‘g‘d, Tojikiston. Koordinatalari 40,07 daraja shimoliy kenglik, 69,08 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 54 km.
Eslatib o‘tamiz, 3 noyabrga o‘tar kechasi Afg‘onistonda sodir bo‘lgan kuchli zilzila O‘zbekistonga ham sezilgandi. Xususan, Surxondaryo viloyatida sezilish kuchi 5 ballni tashkil etgan. Tarmoqlarda Surxondaryo aholisi zilzila sodir bo‘lgandan keyin qo‘rquv ostida o‘z uylarini tashlab, ko‘chalarda to‘planib turgani aks etgan videolar tarqaldi. Zilzila oqibatida viloyatdagi binolarga zarar yetgani yoki yetmagani haqida rasmiy ma’lumot taqdim etilmagan. Tebranish oqibatida esa Afg‘onistonda o‘ndan ortiq kishi halok bo‘lgandi.