Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari soni e’lon qilindi

Olam

image

Bugun, 3 noyabrga o‘tar kechasi Afg‘onistonda sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida o‘n kishi halok bo‘ldi, yana 150 ga yaqin odam jarohat oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

“Tolibon” muvaqqat hukumatining rasmiylari o‘lim va ko‘plab jarohatlanganlar haqida xabarlarni tasdiqalagan. Zilzilalar Mozori-Sharifdagi mashhur Moviy masjid kabi me’moriy yodgorliklarga jiddiy zarar yetkazgan.

Ko‘pchilik jarohat olgan va mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha 10 kishi halok bo‘lgan. 

AQSH Geologik xizmatining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, qurbonlar soni sezilarli darajada oshishi va yuzlab kishiga yetishi mumkin. Qo‘shni Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistonda seysmik zilzilalar sezilgan.

Bu yaqinda Afg‘onistonda sodir bo‘lgan ikkinchi kuchli zilzila. 31 avgust kuni Hindukush tog‘larida 6,2 magnitudali zilzila qayd etildi, bu esa keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga va 2200 dan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bir necha kundan so‘ng, 2 sentyabr kuni mintaqada yana bir zilzila sodir bo‘ldi, uning kuchi 5,5 magnitudali edi.

Qayd etish joiz, ushbu zilzilaning kuchi O‘zbekiston hududlariga ham yaqqol sezildi. Xususan, Surxondaryo viloyatida sezilish kuchi 5 ballni tashkil etdi. Tarmoqlarda Surxondaryo aholisi zilzila sodir bo‘lgandan keyin qo‘rquv ostida o‘z uylarini tashlab, ko‘chalarda to‘planib turgani aks etgan videolar tarqaldi. Zilzila oqibatida viloyatdagi binolarga zarar yetgani yoki yetmagani haqida rasmiy ma’lumot taqdim etilmagan.

Epimarkazda sezilish kuchi: 7 ball
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  •  Surxandaryo viloyatida 5 ball, 90 km.
  •  Qashqadaryo viloyatida 3-4 ball, 302 km.
  •  Samarqand viloyatida 3 ball, 358 km.
  •  Jizzax viloyatida 3 ball, 410 km.
  •  Navoiy viloyatida 3 ball, 444 km.
  •  Buxoro viloyatida 3 ball, 451 km.
  •  Sirdaryo viloyatida 3 ball, 464 km.
  •  Toshkent shahrida 2-3 ball, 557 km.
  •  Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 579 km.
  •  Zilzila epimarkazi Toshkentdan 557 km janubiy-g‘arbda.

Magnituda: 6,8
Chuqurligi: 30 km
Epimarkaz: Samangon, Afg‘oniston
Koordinatalari: 36,45 N, 67,42 E.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing