Buxoroda yo‘lni to‘sib qo‘ygan ayollar qamaldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroning G‘ijduvon tumanida ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqida xabar va video tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, G‘ijduvon tumani Chorsu mahallasida yashovchi 1978 yilda tug‘ilgan I.M. tumanning Qo‘rg‘on mahallasi hududida 90 o‘ringa mo‘ljallangan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasini Buxoro viloyati Ipoteka bankidan olgan 1 milliard 275 million so‘m kredit mablag‘lari hisobiga 2018 yilning 31 dekabr kuniga qadar qurib, o‘z faoliyatini boshlashi kerak bo‘lgan.

Biroq, I.M. ismli tadbirkor ayol o‘zboshimchalik bilan quvvatni oshirib, 90 o‘rinli muassasa o‘rniga 150 o‘ringa mo‘ljallangan binoni qurgan. Bundan tashqari, tadbirkor bankdan qo‘shimcha ravishda 21 foizli 300 million so‘m kredit mablag‘larini ham olgan.

Hozirgi kunda katta miqdordagi qarzdorligi bo‘la turib, har oylik foiz to‘lovlarini to‘lay olmayotgan bo‘lishiga qaramasdan, u yana bankdan yirik miqdorda kredit so‘rab, bank tomonidan unga ishonchsizlik bildirilib kredit mablag‘lari ajratilmayotganligi sababli, tuman hokimligiga kredit mablag‘larining to‘lab berilishi to‘g‘risida noqonuniy talab qo‘yib, joriy yilning 15 iyul kuni o‘ziga tanish bo‘lgan fuqarolar bilan birga xalqaro ahamiyatdagi M-37 avtomobil yo‘lining qatnov qismiga chiqib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan.

Ushbu holat yuzasidan I.M. va uning sheriklariga nisbatan G‘ijduvon tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudining 16 iyul kunidagi qarori bilan I.M. va uning 6 nafar sheriklari O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ma’muriy javobgarlikka tortildilar.

Jumladan: huquqbuzarlik tashkilotchisi fuqaro I.M. ga nisbatan 11 sutka, uning sherigi X.A.ga nisbatan 15 sutka, Yo.D. va P.F.ga nisbatan 10 sutka, S.D. va Q.M.larga nisbatan 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan bo‘lsa, ularning yana bir sherigi A.M.ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida, ya’ni 4 900 000 (to‘rt million to‘qqiz yuz ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro yo'l

Baholaganlar

823

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing