Buxoroda yuk mashinasi kanalga tushib ketdi
3-sahifa
−
04 mart 2021
8403Kecha, 3 mart kuni Buxoro viloyati Olot tumanida yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotgani sababli kanalga tushib ketdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
Hodisa soat 16:05 lardaOlot tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 331-kilometrida yuz bergan.
“Olot-Buxoro” yo‘nalishida, haydovchi, 1960 yilda tug‘ilgan N.R. “Maz-5422” rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib qo‘shimcha g‘ildirakinig mahkamlangan joyidan chiqib ketishi va harakat davomida yon g‘ildiraklarga urilishi oqibatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib “Amu-Buxoro” kanaliga tushib ketgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Olot tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi