Buxoroda yuk mashinasi er-xotinni urib yubordi. Ular vafot etdi

Jamiyat

image

Buxoroda navbatdagi mudhish yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Kecha, 24 noyabr kuni sodir bo‘lgan YTHda yuk mashinasi ikki kishini urib yubordi. Piyodalar biri vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Voqea taxminan soat 11:30larda sodir bo‘lgan. 24 yoshar O.A. ISUZU rusumli yuk avtomashinasi bilan Buxoro shahar Do‘stlik ko‘chasidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 218-kmdan Gazlishoh ko‘chasidagi aylanma yo‘l tomonga harakatlanib kelib, piyodalar o‘tish joyidan harakat yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga kesib o‘tayotgan piyoda 51 yoshli T.B. va uning turmush o‘rtog‘i 49 yoshli Yu.Yo.ni avtomashinaning old tomoni bilan urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda T.B. hodisa joyida va Yu.Yo. esa RSHTYOIM Buxoro filialida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan kecha, 24 noyabr kuni Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro O.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing