Buxoroda YPX xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
29 noyabr
2797Buxoro viloyatida Yo‘l-patrul xizmati xodimiga 10 million so‘m pora taklif qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 7 noyabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari Buxoro shahrining Nomozgoh ko‘chasida xizmat olib borilayotgan vaqtda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashovchi 32 yoshli shaxs Nexia 3 rusumli transport vositasini spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda Nomozgoh ko‘chasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li bo‘ylab boshqarib kelib, yo‘l belgisiga amal qilmasdan yo‘lning qatnov qismidan burilib olgani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi 1-qismi va 131-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Shundan so‘ng, haydovchi IIO xodimiga 10 million so‘m pora taklif qilgan. Shu kuni soat 22:00 larda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarma xodimlari tomonidan YPX inspektorlari bildirgisi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu haydovchi 200 AQSH dollari, 6 mln 500 ming so‘mni pora tariqasida bergan vaqtda qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida ichki ishlar organi xodimiga 3000 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi