Buxoroda yana zilzila sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 6 noyabr kuni O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.                                    

Unga ko‘ra, bugun, mahalliy vaqt bilan soat 19:49 da (Grinvich bo‘yicha 14:49 da) Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 3,8 balli zilzila yuz bergan. Zilzila koordinatalari 40,27 gradus shimoliy kenglik, 62,92 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda 3,8. Chuqurlik 15 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 521 km janubi-g‘arbda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 noyabr kuni soat 03:57 da ham Buxoro viloyati hududida 4,7 magnitudali zilzila yuz bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro zilzila Qorako'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing