Buxoroda “tonirovka” uchun qariyb 2,5 mlrd so‘m undirildi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida “tonirovka” uchun to‘lovlar arzonlashtirilganidan keyin 2 312 510 000 (ikki milliard uch yuz o‘n ikki million besh yuz o‘n ming) so‘mlik ruxsatnomalar berildi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 30 avgust kuni holatida (ruxsat berish 2 avgustda boshlangan) jami 677 ta transport vositasiga oynalarining tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma berilgan. Shundan, 587 tasi 1-toifa (orqa yon oynalari), 90 tasi 2-toifa (old va orqa yon oynalari, ya’ni to‘liq “tonirovka”) bo‘yicha ruxsatnomaga ega bo‘lgan.

Xususan, 535 ta jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalariga: 475 ta 1-toifa va 60 ta 2-toifa uchun;

142 ta yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalariga: 112 ta 1 toifa va 30 ta 2-toifa uchun ruxsatnoma berilgan.

Eslatib o‘tamiz, “tonirovka” uchun to‘lov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2 avgust kuni qabul qilgan qarori bilan pasaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro tonirovka

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing