Buxoroda sud xodimi qo‘lga olindi
3-sahifa
−
15 Oktabr 2025 7479 1 daqiqa
Buxoro viloyatida G‘ijduvon tumanida sud tizimi xodimining noqonuniy harakati fosh bo‘ldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudining arxiv mudiri ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 237-moddasi (yolg‘on xabar berish) va 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) bilan qo‘zg‘atilib, JIB Kogon shahar sudi tomonidan ko‘rib tamomlangan jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchiga sud tizimida ishlovchi vakolatli tanishlari orqali yengillik yaratib berish hamda kelgusida hukm o‘zgarmasligini va’da qilib, evaziga 700 dollar talab qilib, dastlab 100 dollar olgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda arxiv mudiri qolgan 600 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida va Surxondaryo viloyatida mijozlardan 3700 dollar va 60 mln so‘m olgan advokatlar ushlangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025