Buxoroda sof quyma oltin bo‘lagini sotayotgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
19 iyul
5507Buxoroda 11 000 AQSH dollariga sof quyma oltin bo‘lagini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shofirkon tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.I. va S.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqarolar N.B. va U.M.ga og‘irligi 154,3 gramm bo‘lgan 1 dona sof quyma oltin bo‘lagini 11 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1,4 kg oltinni O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.