Buxoroda “roddom”ga olib kelingan 23 yoshli ayol vafot etdi
3-sahifa
−
15 mart 2022 16670 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi “Mohi Xossa roddom”da yana ona o‘limi kuzatilgani haqida xabar tarqaldi. Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, Buxoro shahrida yashagan 1999 yilda tug‘ilgan ayol joriy yilning 9 mart kuni tug‘ish uchun tug‘uruqxonaga kelib, egizak farzandlarni dunyoga keltirganidan 2 kun o‘tib, vafot etgan.
Xabarga ko‘ra, marhumaning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr