Buxoroda poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 5 sentyabr kuni Buxoro viloyati Olot tumanida yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi 5 sentyabr kuni ertalabki soat 8:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Oqibatida HOWO rusumli yuk mashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made