Buxoroda paxta ortilgan yuk mashinasi tirkamasi yonib ketdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 2 oktyabr kuni Buxoro viloyatida paxta ortilgan yuk mashinasi tirkamasi yonib ketdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa Buxoro viloyati, Peshku tumani hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 393-kilometrida yuz bergan. Bu haqda Gazli shahar IIB navbatchilik qismiga soat 17:34 da xabar tushgan.

Xabarda haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi yuk avtomashinasining tirkamasida yong‘in yuzaga kelgani aytilgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Fuqaro G‘.E.ga tegishli bo‘lgan tirkama va uning ichida bo‘lgan past navli toy paxta yonib ketgan.

Avtomobil tirkamasi po‘lat ustunlarining bir-biriga tegib mexanik uchqun hosil qilishi, uchqunning tez yonuvchi maxsulotlar ustiga tushishi oqibatida yong‘in kelib chiqqanligi taxmin qilinib, moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Holat yuzasidan, Peshku tumani FVB va IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in paxta

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing