Buxoroda mudhish YTH: 3 kishi vafot etgan, 9 kishi shifoxonada
Jamiyat
−
08 iyul 2019
4163Joriy yilning 6 iyul kuni Buxoro viloyatida 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan mudhish YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qilmoqda.
Xabarda keltirilishicha, viloyatining G‘ijduvon tumanida yashagan 58 yoshli M.A. boshqaruvidagi “Lacceti” rusumli avtomashinani Zarangari mahallasida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay qolgan va qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan Poskati qishlog‘ida yashagan 59 yoshli A.R. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada ikkala avtomashina haydovchilari hamda “Cobalt” avtomashinasining yo‘lovchisi 54 yoshli R.S.lar jarohat olib voqea joyida vafot etdi. “Lacceti” avtomashinasining uch nafar yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga yotqizildi. Shuningdek “Lacceti” avtomashinasining 1 nafar va “Cobalt” avtomashinasining besh nafar yo‘lovchilariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.