Buxoroda Lacetti haydovchisi ichki ishlar xodimini urib yubordi (video)
3-sahifa
−
27 iyul 2023
16364Buxoroda 25 yoshli fuqaro mashinada Ichki ishlar organi xodimini urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 27 iyul kuni soat 11:40 da Buxoro shahrida 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro Lacetti mashinasida yo‘lni kesib o‘tayotgan Ichki ishlar organi xodimi, kapitan J.T.ni urib yuborgan.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markazi Buxoro filiali hamda Ichki ishlar boshqarmasi Tibbiyot bo‘limi shifokorlari nazoratida ushbu xodimga zaruriy hamda malakali tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan. Hozirda uning ahvoli qoniqarli.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 17 yoshli qiz ichki ishlar xodimi kiyimida axloqsiz harakat sodir etgandi. Shundan so‘ng unga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi