Buxoroda xorazmlik yigit o‘zini avtobus tagiga tashlab halok bo‘ldi
3-sahifa
−
29 Sentabr 2023
19201Buxoro shahrida 23 yoshli xorazmlik yigit o‘zini avtobus tagiga otib, joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kecha, 28 sentyabr kuni soat 09:02 da Buxoro shahar Abduxoliq G‘ijduvoniy ko‘chasidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-37 avtomobil yo‘lida 23 yoshli Xorazm viloyati Hazorasp tumanida tug‘ilgan H.A. harakatlanib kelayotgan ISUZU rusumli avtobus ostiga o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan H.A.ning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Shuningdek, hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, voqeaga guvoh bo‘lgan shaxslardan tushuntirish xatlari olingan. Hozirda holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Tergovga qadar tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi”, deydi Shamsutdinov.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, marhum yigit voqea sodir bo‘lishidan bir necha kun oldin IELTS olish uchun Toshkent shahriga borgan. U poytaxtdan qaytayotganda Xalqaro ahamiyatga ega yo‘lning Buxoro hududida tushib qolib, o‘z joniga qasd qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida 20 yoshli kelin o‘z joniga qasd qilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol to‘yidan so‘ng turmush o‘rtog‘i kaltaklayotganini aytib shikoyat qilgan. Shuningdek, u qarindoshlaridan uydan olib ketishni so‘ragan.
LiveBarchasi