Buxoroda qo‘shmachilik qilgan 61 yoshli erkak aniqlandi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida o‘z uyida foxishaxona tashkillashtirib, qo‘shmachilik qilgan erkak aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 17 mart kuni taxminan soat 17:00 larda G‘ijduvon tumanidagi Pamo‘za mahallasida yashovchi 1962 yilda tug‘ilgan B.M. o‘z yashash xonadonida moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida bir erkak va ayolni jinsiy aloqa qilishi uchun alohida xona ajratib, buning evaziga ulardan 60 ming so‘m pulni olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 131-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qo'shmachilik foxishaxona G'ijduvon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made