Buxoroda qarzdor fuqaro MIB xodimini urib, mashinasini yoqib yubordi
3-sahifa
−
22 Sentabr 2023
11674Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida Majburiy ijro byurosi (MIB) xodimi kaltaklanib, xizmat mashinasiga o‘t qo‘yildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, MIB G‘ijduvon tumani bo‘limi Davlat ijrochisi Z.Z.ning ish yurituvida fuqoro M.F.ning nomidagi qarzdorlikni undirish uchun tegishli hujjatlar bo‘lgan. U mazkur ijro ishini amalga oshirish uchun M.F.ning uyiga borganida jiddiy qarshilikka uchragan.
Qarzdor fuqaro xodimning faoliyatiga to‘sqinlik qilib, uning yuzi hamda badanining turli sohalariga qasddan urib, tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, u yerda turgan temir bo‘lagi (armatura) bilan Lacetti rusumli xizmat mashinasining oynalarini sindirib, orqa o‘rindig‘iga o‘t qo‘yib yuborgan.
Holat yuzasidan joriy yilning 14 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi, 173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 3-qismi “a” bandi va 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro M.F.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
“Viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur jinoyat ishi tergovi alohida nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida erkak o‘ziga tanish ayolning yoniga borib, uni va o‘sha paytda ayolning uyida bo‘lgan sobiq MIB xodimini pichoqlagan edi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr