Buxoroda Isuzu yiqitgan temir to‘siq keksa ayolning boshiga tegdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yuk mashinasi kelib urilgan temir to‘siq katta yoshli ayolga tegib, uni jarohatlagani aks etgan video tarqaldi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 28 iyul kuni soat 10:00 larda G‘ijduvon tumani “Degrezon” mahallasi hududida yuz bergan. Mahalladan o‘tuvchi 4R48 avtomobil yo‘lining 272 km. da G.S. ismli shaxs Isuzu rusumli avtomashinani boshqarib kelib, yuk avtomobillarning harakatlanishiga cheklov o‘rnatilgan temir quvur bilan jihozlangan to‘siqni urib yuborgan. To‘siq yo‘lni kesib o‘tayotgan tumanning “Ulfatbibi” mahallasida yashovchi 1954-yilda tug‘ilgan R.Z. ga borib teggan.

Fuqaro tuman shifoxonasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

IIBga ko‘ra, Hozirgi kunda G‘ijduvon tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro

Baholaganlar

536

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing