Buxoroda internet orqali firibgarlik qilgan ayol qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Joriy yilning sentyabr oyida, noma’lum shaxs Namangan shahar, Jomiy ko‘chasida yashovchi, yakka tartibda ishlovchi, 21 yoshli J.A.ga Rossiyadan O‘zbekistonga qaytib kelishi uchun chipta olib berishni va’da qiladi. Moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida uni aldash va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan internetdagi “Zolotaya korona” sayti orqali J.A.dan jami bo‘lib 450 AQSH dollarini elektron pul ko‘chirish orqali qo‘lga kiritadi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

“Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 3-son Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi  qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, olib borilgan tezkor surishtiruv va dastlabki tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida istiqomat qiluvchi, 33 yoshli yakka tartibda ishlovchi ayol M.K. sodir qilganligi aniqlandi.

Hozirgi kunda jinoyat ishida gumon qilinayotgan ayol M.K.ga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Buxoro

Baholaganlar

174

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing