Buxoroda ikki yigit yurib ketayotgan Damas'ning tomiga chiqib oldi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida harakatlanib ketayotgan Damas avtomashinasining ustiga ikki nafar yigit chiqib olgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, videodagi holat kecha, 9 avgust kuni kuzatilgan. Viloyatning Romitan tumani hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 236-kilometrida harakatlanayotgan Damas transport vositasining tom qismiga ikki nafar o‘smir chiqib olgan. Ularning bu harakati yo‘lda ketayotgan boshqa bir avtomobil yo‘lovchilari tomonidan videoyozuvga tushirilgan.

Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, mazkur transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona shahrida harakatlanayotgan Damasʼdan sakragan yigitni boshqa Damas rusumli avtomobil bosib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Damas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made