Buxoroda ikki qo‘shnining uyi yonib ketdi

Jamiyat

−

image

Kecha, 21 noyabr kuni Buxoro shahrida ikki qo‘shninig uyi yonib ketdi. Bu haqda FVV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

21 noyabr soat 00:33 da Buxoro shahri At-Termiziy ko‘chasida joylashgan 13 va 15-uylarda yong‘in bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Бухородаги икки қўшни уйларидаги ёнғин бартараф этилди

Voqea joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga yetib borgan vaqtida uylarning asosiy tom qurilish konstruksiyalari ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 00:48 da o‘rab olingan va 02:00da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘indan uylarning 280 kv metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yong‘inni bartaraf etish vaqtida 13-uy egasi fuqaro M.T. va rafiqasi fuqaro N.T. kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan.

1

Yong‘in oqibatida 13-uyning 100 kv metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari hamda 15-uyning 25 kv metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yong‘inni taxminiy sababi, 13-uyda qo‘lbola gazli isitish pechidan foydalanish. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

1


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing