Buxoroda ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi narxlar e’lon qilindi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2024 yilning 15 yanvaridan Buxoro viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari bo‘yicha quyidagi belgilangan yangi tariflar amalda qo‘llaniladi:

 Ichimlik suvi (1 m3) :

  • aholi uchun – 3100 so‘m
  • issiqlik ta’minoti, diniy tashkilotlar va boshqalar uchun – 3472 so‘m
  • byudjet tashkilotlari uchun – 7840 so‘m
  • boshqa iste’molchilar uchun – 7840 so‘m

Texnik suv (1 m3):

  • aholi uchun – 1500 so‘m
  • boshqa iste’molchilar uchun – 1680 so‘m

Oqova suv xizmati (1 m3) :

  • aholi uchun – 2800 so‘m
  • issiqlik ta’minoti, diniy tashkilotlar va boshqalar uchun – 3136 so‘m
  • byudjet tashkilotlari uchun – 5376 so‘m
  • boshqa iste’molchilar uchun – 5376 so‘m

Shunigdek, “Damxo‘ja suv ta’minoti” MCHJ ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha (1 m3):

  • aholi va suv ta’minoti korxonalari uchun 650 so‘m; (suv ta’minoti korxonalari orqali)
  • boshqa yuridik iste’molchilar uchun – 1 500 so‘m

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 29 dekabridan Qashqadaryo viloyatida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun narxlar oshishi ma’lum qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

ichimlik suvi Buxoro oqova suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing